Marselo Xabi Alonsoning ishini yuqori baholadi

Marselo Xabi Alonsoning ishini yuqori baholadi
Madridning "Real" klubi sobiq himoyachisi Marselo Xabi Alonsoning jamoa bosh murabbiyi sifatidagi faoliyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi. So‘nggi vaqtlarda "Real" o‘zining eng yaxshi natijalarini ko‘rsata olmayapti.

Bu esa matbuotda murabbiy Xabi Alonsoni iste’foga chiqarish haqidagi gap-so‘zlarni kuchaytirmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, bugungi Chempionlar ligasi uchrashuvida "Manchester Siti"ga yutqazilsa, Alonsoning lavozimidan ketishi ehtimoli bor.

"Men Xabi Alonsoning ishiga katta muxlislik qilaman. Bu faqat vaqt masalasi, odamlar uni tanqid qilishni to‘xtatishadi.

Biz uni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Hozir jamoa uchun qiyin davr, lekin "Real" har doim o‘z kuchini tiklaydi", – dedi Marselo The Touchline nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso bu yil yoz mavsumida Karlo Anchelottining o‘rnini egallagan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.