Saudiya klublari Salohni qabul qilishga tayyor


Saudiya Arabistonida \"Liverpul\" hujumchisi Muhammad Salohning mahalliy klublardan biriga o‘tishi iliq kutib olinadi. Biroq transfer borasidagi muzokaralarni \"Liverpul\" va futbolchi bilan bevosita klublar o‘tkazishi kerak.
Saudiya Pro-ligasi bosh direktori Umar Mugarbelning so‘zlariga ko‘ra, liga bu jarayonga aralashmaydi. Avvalroq Salohga beshta saudiya klubi, jumladan Krishtianu Ronaldu faoliyat olib borayotgan \"Al-Nasr\" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.
Shuningdek, Saloh \"Liverpul\" bosh murabbiyi Arne Slot bilan kelishmovchilikka uchragani va \"Inter\"ga qarshi Chempionlar Ligasi uchrashuvi uchun qaydnomadan chiqarilgani ma’lum qilingan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













