Vilyarreal stadioni Yevropa Ligasi gimnini ijro etdi

Vilyarreal stadioni Yevropa Ligasi gimnini ijro etdi
Chorshanba kuni Chempionlar Ligasi 6-tur o‘yinlari boshlandi. Ulardan biri "Vilyarreal" va "Kopengagen" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda.

O‘yin oldidan stadionda noqulay holat yuz berdi. Futbolchilar maydonga chiqib, Chempionlar Ligasi gimnini tinglashga tayyor turishgan edi.

Ammo kutilmaganda stadionda Yevropa Ligasi gimni ijro etildi. Bu holat "Vilyarreal" muxlislarining noroziligiga sabab bo‘lib, ular kuchli hushtaklar bilan munosabat bildirishdi.

Futbolchilar ham bu xatolikning sababini tushunmay, hayron qolishdi. "Vilyarreal" va "Kopengagen" o‘yinini LiveResult portali orqali matnli translyatsiyada kuzatishingiz mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.