Nant klubi bosh murabbiyini o‘zgartirdi

Nant klubi bosh murabbiyini o‘zgartirdi
Fransiyaning "Nant" futbol klubi bosh murabbiyini o‘zgartirdi. Klub matbuot xizmatiga ko‘ra, jamoani endilikda Ahmad Qantari boshqaradi.

Qantari klub bilan yil oxirigacha shartnoma imzoladi va u bu lavozimda Luis Kashtruni almashtirdi. Ahmad Qantari "Nant" klubiga begona emas, u 2025-yilning birinchi yarmida klubning o‘sha vaqtdagi murabbiyi Antuan Kombuarega yordamchi bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya chempionatining 15-turidan so‘ng "Nant" eng quyi o‘rinlardagi jamoalardan biri hisoblanadi. Hozirda jamoa 17-o‘rinda 11 ochko bilan joylashgan, faqatgina qo‘shimcha ko‘rsatkichlar tufayli "Mets"dan yuqorida.

"Nant" yangi bosh murabbiy qo‘l ostidagi ilk o‘yinini juma kuni, 12-dekabrda o‘tkazadi. 16-tur doirasida "Kanareykalar" "Anje"ga qarshi bahs olib boradi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.