OAV xodimlari uchun «Futbol qoidalaridagi o‘zgarishlar» mavzusida seminar o‘tkazildi

OAV xodimlari uchun «Futbol qoidalaridagi o‘zgarishlar» mavzusida seminar o‘tkazildi
OAV xodimlari uchun «Futbol qoidalaridagi o‘zgarishlar» mavzusida seminar o‘tkazildi

Bugun, 3 fevral kuni O‘zbekiston Futbol Federasiyasi anjumanlar zalida OAV xodimlari uchun “Futbol qoidalaridagi o‘zgarishlar” mavsuzida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar FIFA referisi Ravshan Ermatov va FIFA instruktori Vladislav Seytlin tomonidan olib borildi. Seminarga UzReport TV va Sport telekanali xodimlari va sharhlovchilari hamda bir qator jurnalistlar tashrif buyurdi.

Dastlab, soat 9:30 da O‘FFning sun’iy qoplamali maydonida amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. Interaktiv mashg‘ulotlada OAV xodimlari o‘yindagi vaziyatlarda qisqa vaqt ichida qaror qabul qilishni o‘zida sinab ko‘rdi.

Shundan so‘ng, O‘FF anjumanlar zalida taqdimot va videolavhalar yordamida futbol qoidalaridagi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar berildi, bahs-munozaralar o‘tkazilib, savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.