Real Madridda Xabi Alonso ishi so‘roq ostida

Real Madridda Xabi Alonso ishi so‘roq ostida
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan yaqin orada xayrlashishi mumkin. "Qirollik klubi" so‘nggi sakkizta o‘yinida atigi ikki marta g‘alaba qozondi.

Yaqinda esa "Real" o‘z maydonida Chempionlar ligasi doirasida "Manchester Siti"ga yutqazdi. Diario AS nashri ma’lumotlariga ko‘ra, klub rahbariyati jamoaning jismoniy holati juda sust ekanini ta’kidlamoqda.

Futbolchilar o‘zining eng yaxshi sport formasidan ancha yiroq bo‘lib, bu holat jamoaning o‘yiniga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, yakshanba kuni "Alaves"ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat Xabi Alonsoning iste’fosiga sabab bo‘lishi aniq.

Ammo, hatto g‘alaba qozonilsa ham, bu murabbiy ishini saqlab qolish kafolatlanmaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.