Fil Fodenning ruhiy muammolari bartaraf etildi

Fil Fodenning ruhiy muammolari bartaraf etildi
Manchester Siti klubi yarim himoyachisi Fil Foden o‘tgan mavsumda ruhiy muammolarga duch kelgan edi. Klub futbolchiga bu murakkab vaziyatdan chiqishga yordam berish uchun barcha choralarni ko‘rdi.

Angliya terma jamoasi a’zosi bir nechta psixologik testlardan o‘tdi va qiyinchiliklarni yengib o‘tish metodikalarini o‘rgandi. Bu haqda jurnalist Jek Gagan xabar bermoqda.

Foden va klubning birgalikdagi mehnati ijobiy natijalar berdi: yil boshida ruhiy tushkunlikka tushgan Fil hozirda o‘zini butunlay boshqacha his qilayotganini uning yaqinlari ta’kidlashmoqda. Joriy mavsumda Foden 20 o‘yinda 9 ta gol urib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.