Matvey Safonovning muvaffaqiyatlari haqida fikr bildirildi

Matvey Safonovning muvaffaqiyatlari haqida fikr bildirildi
Rossiya Davlat Dumasining deputati Dmitriy Svishchyov rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning "PSJ" safidagi so‘nggi muvaffaqiyatlari haqida fikr bildirdi. Safonov ketma-ket ikki uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushib, har ikki o‘yinda ham darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

"Safonov – ajoyib futbolchi. Matveyning o‘yini yuqori darajada.

Umid qilamizki, bu ikki o‘yindan so‘ng u yanada ko‘proq maydonga tushadi. Safonovning maydonga tushirilmasligi Zabarniy bilan bog‘liq degan taxminlar bor.

Biroq men bunga ishonmayman, bu siyosat emas, balki murabbiyning o‘z rejasi bo‘lsa kerak", – dedi Svishchyov News.ru nashriga bergan intervyusida. 2025/2026-yilgi mavsumda Safonov ilk bor Liga 1 doirasidagi "Renn"ga qarshi o‘yinda maydonga tushib, birinchi bo‘limda ikki bor jamoasini gol o‘tkazib yuborishdan saqlab qoldi va parijliklarning g‘alabasiga sabab bo‘lgan hujumni boshlab berdi.

Ushbu bahsda "PSJ" raqibini 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Bundan bir necha kun o‘tib, rossiyalik darvozabon Chempionlar ligasi doirasidagi "Atletik Bilbao"ga qarshi uchrashuvda ham dastlabki tarkibda maydonga tushib, 0:0 hisobida o‘yinni yakunladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.