Ruben Loftus-Chik Milan klubini tark etishni o‘ylamoqda

Ruben Loftus-Chik Milan klubini tark etishni o‘ylamoqda
Milan klubi yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik qishki transfer oynasida jamoani tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. 29 yoshli futbolchi joriy mavsum boshida asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi.

Calciomercato nashrining xabariga ko‘ra, Loftus-Chik yanvar oyida transfer so‘rashni rejalashtirmoqda. U muntazam o‘yin amaliyotini tiklash va 2026 yilgi Jahon chempionatida Angliya terma jamoasida qatnashish imkoniyatini oshirishni maqsad qilgan.

Yozda futbolchiga Rimning “Latsio” klubi qiziqish bildirgan edi, shuningdek, uning Angliya Premer-ligasiga qaytishi haqida mish-mishlar ham tarqalgan. Transfermarkt portali Ruben Loftus-Chikning transfer qiymatini 10 million yevro atrofida baholamoqda.

Futbolchining “Milan” bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.