Atletiko va Valensiya o‘yini: mutaxassis fikri

Atletiko va Valensiya o‘yini: mutaxassis fikri
Ispaniya chempionatining 16-turida Madridning "Atletiko" klubi "Valensiya" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu o‘yin haqida futbol sharhlovchisi Konstantin Genich o‘z fikrlarini bildirdi.

"Simeone jamoasi o‘z maydonida juda kuchli o‘ynaydi. "Valensiya" uchun imkoniyatlar deyarli yo‘q.

Oxirgi yillarda shakllangan an’ana davom etadi: "Atletiko" gol o‘tkazmasdan g‘alaba qozonadi", - dedi Genich "RB Sport"ga bergan intervyusida. "Atletiko" va "Valensiya" o‘yini bugun, 13-dekabr kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv Moskva vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi. Ayni damda "Atletiko" La Ligada to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi, "Valensiya" esa 16-o‘rinda joylashgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.