Liverpul va Chelsi birinchi bo‘limda g‘alaba qozonmoqda

Liverpul va Chelsi birinchi bo‘limda g‘alaba qozonmoqda
Shanba oqshomida Angliya Premer-ligasining 16-turi doirasida dastlabki o‘yinlar boshlandi. "Chelsi" o‘z maydonida "Everton"ni, "Liverpul" esa "Brayton"ni qabul qildi va birinchi bo‘limda g‘alaba qozonmoqda.

"Chelsi" birinchi bo‘limni 2:0 hisobida o‘z foydasiga yakunladi. Hisobni jarohatdan so‘ng maydonga qaytgan Koul Palmer ochdi.

Bu Palmer uchun tiklanishdan keyingi ilk gol bo‘ldi. London klubining ikkinchi golini esa Malo Gyusto kiritdi.

"Liverpul" esa "Brayton" ustidan 1:0 hisobida oldinda bormoqda. Uchrashuvning 46-soniyasidayoq Ugo Ekitike "chaqalar" darvozasini ishg‘ol qilib, joriy mavsum Premer-ligasining eng tezkor goliga mualliflik qildi.

Ikki o‘yin ham davom etmoqda va ikkinchi bo‘limlar oldinda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.