Latsio to'qqiz kishi bilan Parma ustidan g'alaba qozondi

Latsio to'qqiz kishi bilan Parma ustidan g'alaba qozondi
A Seriyasining 15-turida Parma o'z maydonida Latsioni qabul qildi. Uchrashuv unchalik sermahsul bo'lmadi: jamoalar darvozaga qariyb o'ntadan zarba yo'llagan bo'lsa-da, real xavfli vaziyatlar kam kuzatildi.

42-daqiqada Latsio o'yinchi Mattia Dzakkanyi Nauel Estevesga nisbatan qo'polligi uchun maydondan chetlatildi. 77-daqiqada rimliklar yana bir futbolchisidan ayrildi: Toma Bashich raqibga orqadan tashlangan hujum va hakamga aytilgan noo'rin so'zlar sabab qizil kartochka oldi.

Shunga qaramay, to'qqiz kishi bo'lib qolgan Latsio g'alabani ilib ketdi. 82-daqiqada Tijjani Noslin raqibdan to'pni olib qo'yib, aniq zarba bilan uchrashuvdagi yagona golni urdi — 0:1.

Bu natijadan so'ng Latsio 22 ochko bilan turnir jadvalida 8-o'ringa ko'tarildi. Parma esa 14 ochko bilan quyi qismda qolmoqda va pastdan to'rtinchi o'rinni bo'lishib turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.