Real Madrid Kamavingani 100 mln yevroga sotishi mumkin

Real Madrid Kamavingani 100 mln yevroga sotishi mumkin
Fransiyalik yarim himoyachi Eduardo Kamavinga Madridning “Real” klubini tark etishi ehtimoli bor. Desensa Central xabariga ko‘ra, “qirollik klubi” 23 yoshli futbolchi bo‘yicha keladigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Manbaga ko‘ra, “Real” Kamavinganing transferidan taxminan 100 million yevro daromad qilishni mo‘ljallamoqda. Fransiyalik futbolchining sotuvdan tushadigan mablag‘i jamoa yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun yangi futbolchilar xaridiga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Kamavinga bilan xayrlashish ehtimolining asosiy sababi sifatida futbolchining jarohatlarga moyilligi tilga olinmoqda. Joriy mavsumda u “Real” safida 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.