Luka Marelli Pulishichning goli bekor qilinmasligi kerak edi

Luka Marelli Pulishichning goli bekor qilinmasligi kerak edi
Italiya A Seriyasida “Milan” yana ochko yo‘qotdi. Stefano Pioli jamoasi “Sassuolo”ga qarshi o‘yinda 2:2 hisobida durang qayd etdi.

Uchrashuv davomida “Milan” 2:1 hisobida oldinda borayotgan paytda yana ikki bor darvozani ishg‘ol qildi, biroq har ikki gol ham bekor qilindi. Sobiq italiyalik hakam Luka Marelli fikricha, bekor qilingan gollardan kamida bittasi hisobga olinishi lozim edi.

Uning aytishicha, Kristian Pulishich urgan gol epizodida Ruben Loftus-Chikning hujumdagi qoidabuzarligi qayd etilgan, VAR esa vaziyatga aralashmagan. Marelli Loftus-Chik raqibining beliga qo‘llarini qo‘yganini, ammo uni turtmaganini ta’kidlab, bunday holatda golni bekor qilish to‘g‘ri bo‘lmaganini bildirdi.

“Milan” keyingi turda “Verona”ga qarshi maydonga tushadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.