Tottenhemning 16 turdagi 22 ochkosi 17 yildagi eng pasti


Tottenhem yakshanba kuni muxlislarini ranjitib, safarda Nottingem Forestga 0:3 hisobida mag\'lub bo\'ldi. Ayni paytda London klubi Angliya Premyer-ligasining 16 o\'yinidan atigi 22 ochko jamg\'argan.
Opta ma\'lumotiga ko\'ra, Tottenhem so\'nggi bor chempionatning dastlabki 16 bahsidan keyin bundan ham kam ochko to\'plagan holat 2008/2009 yilgi mavsumda qayd etilgan. O\'shanda 16 turdan so\'ng jamoa 18 ochkoga ega bo\'lgan va mavsumni sakkizinchi o\'rinda yakunlagan.
Hozir Tottenhem Premyer-liga jadvalida 11-o\'rinda bormoqda. Tomas Frank boshchiligidagi jamoa navbatdagi uchrashuvini 20 dekabr kuni Liverpulga qarshi o\'tkazadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













