VAR Vinisius ishtirokidagi vaziyatda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi

VAR Vinisius ishtirokidagi vaziyatda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi
La Ligadagi Madridning Real klubi ishtirokidagi uchrashuv yana bahsli hakamlik qarorisiz o'tmadi. O'yinning 88-daqiqasida Real Alavesga qarshi bahsda Vinisius Junior jarima maydoniga yorib kirdi va raqib bilan to'qnashuvdan so'ng yiqildi.

Bosh hakam qoidabuzarlik bo'lmaganini aytdi, VAR xonasidagi yordamchilar ham shu qarorni ma'qulladi. Biroq Archivo VAR qayd etishicha, hakamlar xato qilib, penalti belgilamagan: braziliyalik futbolchiga nisbatan qoidabuzarlik bo'lgan.

Manbaga ko'ra, videoassistentlar bosh hakamga vaziyatni qayta ko'rib chiqishni tavsiya qilishi kerak edi, biroq noma'lum sabablarga ko'ra buni amalga oshirmagan. Shu paytga kelib madridliklar 2:1 hisobida oldinda borayotgan edi va yakuniy hushtakkacha hisob o'zgarmadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.