Rafinya Chempionlar ligasini yutmaguncha “Barselona”dan ketmaydi

“Barselona” vingeri Rafinya Dias klubni tark etishni hozircha rejalashtirmayapti. Sport nashri xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi “ko‘k-anorranglilar” safida Chempionlar ligasini qo‘lga kiritishni asosiy maqsad qilib qo‘ygan va shu orzusiga yetmaguncha jamoada qolmoqchi.
Ta’kidlanishicha, 29 yoshli qanot hujumchisi Kataloniya grandi tarkibida Yevropaning eng nufuzli klublar musobaqasida g‘alaba qozonish fikriga jiddiy berilgan. Rafinya 2022 yil yozida Angliyaning “Lids” klubidan “Barselona”ga ko‘chib o‘tgandi.
“Barselona”ning Chempionlar ligasidagi so‘nggi g‘alabasi 2015 yilga to‘g‘ri keladi. O‘tgan mavsumda Hans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa musobaqada yarim finalgacha yetib borgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ta’kidlanishicha, 29 yoshli qanot hujumchisi Kataloniya grandi tarkibida Yevropaning eng nufuzli klublar musobaqasida g‘alaba qozonish fikriga jiddiy berilgan. Rafinya 2022 yil yozida Angliyaning “Lids” klubidan “Barselona”ga ko‘chib o‘tgandi.
“Barselona”ning Chempionlar ligasidagi so‘nggi g‘alabasi 2015 yilga to‘g‘ri keladi. O‘tgan mavsumda Hans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa musobaqada yarim finalgacha yetib borgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













