Dyen Byorn o'yindan so'ng shifoxonaga yotqizildi

“Nyukasl”ning markaziy himoyachisi Dyen Byorn 14-dekabr kuni “Sanderlend”ga qarshi o'yinda (0:1) jiddiy jarohat oldi. Byorn birinchi bo'lim oxirlarida raqib bilan qo'pol to'qnashuvdan so'ng almashtirildi.
Uchrashuvdan keyin “Nyukasl” bosh murabbiyi Eddi Xau himoyachining nafas olishi qiyinlashganini aytdi va futbolchi shifoxonaga yuborilganini ma'lum qildi. The Daily Mail xabariga ko'ra, Byornda qovurg'a sinishi aniqlangan.
U yaqin bir necha haftani o'tkazib yuboradi. Joriy mavsumda angliyalik futbolchi barcha turnirlarda 22 o'yinda 1 ta gol urib, 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Uchrashuvdan keyin “Nyukasl” bosh murabbiyi Eddi Xau himoyachining nafas olishi qiyinlashganini aytdi va futbolchi shifoxonaga yuborilganini ma'lum qildi. The Daily Mail xabariga ko'ra, Byornda qovurg'a sinishi aniqlangan.
U yaqin bir necha haftani o'tkazib yuboradi. Joriy mavsumda angliyalik futbolchi barcha turnirlarda 22 o'yinda 1 ta gol urib, 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













