Andoni Iraola Manchester Yunayted bilan o'yinni baholadi

Andoni Iraola Manchester Yunayted bilan o'yinni baholadi
Angliya Premyer-ligasining 16-turi doirasidagi so'nggi bahsda «Manchester Yunayted» safarda «Bornmut» bilan 4:4 hisobida durang o'ynadi. «Bornmut» bosh murabbiyi, ispaniyalik Andoni Iraola uchrashuv yakunlari haqida fikr bildirdi va o'yinni qiziqarli deb atadi.

«Buni tushuntirish qiyin. Nazarimda, betaraf tomoshabin uchun o'yin juda qiziqarli bo'ldi.

Unda hamma narsa bor edi. Ba'zi pallalarda hammasi tugadi, deb o'ylaysiz, keyin esa buning aksi yuz beradi.

Yakunda bitta ochko oldik. Bu unchalik ko'p emas, ammo hech narsadan yaxshiroq», — deya Iraolaning so'zlarini BBC Sport keltiradi.

«Bornmut» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 13-o'rinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.