Tyago Motta “Fiorentina” bosh murabbiyligidan bosh tortdi

“Fiorentina” yana murabbiy izlashga majbur bo'ldi: Paolо Vanoli klubdagi atigi bir oylik ishidan so'ng jamoani tark etishi kutilmoqda. Rahbariyat uning o'rniga nomzodlar ro'yxatini shakllantirmoqda va Tyago Mottaga ham taklif bilan chiqqan.
Biroq derbiyderbyderby.it xabariga ko'ra, “Bolonya” va “Yuventus”ning sobiq bosh murabbiyi vaziyatni baholab, jamoani ayni shu murakkab pallada qabul qilib olishdan bosh tortdi. Eslatib o'tamiz, “Fiorentina” A Seriyaning joriy mavsumida hali g'alaba qozonmagan.
O'tgan dam olish kunlari klub o'z maydonida “Verona”ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Keyingi turda florensiyaliklar uyda “Udineze”ni qabul qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Biroq derbiyderbyderby.it xabariga ko'ra, “Bolonya” va “Yuventus”ning sobiq bosh murabbiyi vaziyatni baholab, jamoani ayni shu murakkab pallada qabul qilib olishdan bosh tortdi. Eslatib o'tamiz, “Fiorentina” A Seriyaning joriy mavsumida hali g'alaba qozonmagan.
O'tgan dam olish kunlari klub o'z maydonida “Verona”ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Keyingi turda florensiyaliklar uyda “Udineze”ni qabul qiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













