Yuriy Jirkov Safonovning PSJdagi holatini baholadi

Yuriy Jirkov Safonovning PSJdagi holatini baholadi
Rossiya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Yuriy Jirkov darvozabon Matvey Safonovning Fransiyaning PSJ klubidagi faoliyati haqida fikr bildirdi. Jirkovning ta'kidlashicha, Safonov sakkiz oy ichida atigi uchta o'yinda maydonga tushgan.

«Bu juda kam. Agar men uning o'rnida bo'lganimda, PSJdan allaqachon ketgan bo'lardim.

U adolatsiz ravishda zaxirada o‘tiribdi», — deya Jirkovning so'zlarini RB Sport keltirdi. Joriy mavsumda Safonov Parij klubi safida uch uchrashuvda ishtirok etib, ikki gol o‘tkazib yuborgan.

Rossiyalik darvozabon o‘tgan yil yozida Fransiyaning top-klubiga kelib qo‘shilgan. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2028/2029 yilgi mavsum yakunida tugaydi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.