Aytana Bonmati ketma-ket uchinchi bor FIFA mukofotini oldi

Aytana Bonmati ketma-ket uchinchi bor FIFA mukofotini oldi
“Barselona” yarim himoyachisi, Ispaniya terma jamoasi a’zosi Aytana Bonmati yana eng yuqori darajada e’tirof etildi. FIFA Bonmatini 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topdi.

Bu mukofot ispaniyalik futbolchi uchun ketma-ket uchinchi sovrin bo‘ldi. 2024/25 yilgi mavsumda Bonmati “Barselona” bilan Ispaniya ichki musobaqalarida to‘liq to‘plamni qo‘lga kiritdi: chempionat, Ispaniya kubogi va Ispaniya superkubogida g‘olib chiqdi.

Xalqaro maydonda ham u yuqori baholandi: Bonmati Chempionlar ligasi hamda Yevro-2025ning eng yaxshi o‘yinchisi deb e’tirof etildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.