Jon Terri Chelsi Thiago Silvani qaytarishga chaqirdi

Jon Terri Chelsi Thiago Silvani qaytarishga chaqirdi
Chelsining sobiq sardori Jon Terri klubni Thiago Silvani qaytarib olishga undadi. 41 yoshli braziliyalik himoyachi Fluminense klubini tark etishga qaror qildi va Braziliya terma jamoasi bilan 2026 yilgi jahon chempionatiga borish umidida Yevropada yana o'z kuchini sinab ko'rmoqchi.

Transfer News Live keltirgan Terrining so'zlariga ko'ra, futbolchi erkin va tajribasi nihoyatda katta: "Thiago Silva mavjud! U juda tajribali, klubimiz bilan ajoyib munosabatda.

Uning ikki farzandi Chelsi akademiyasida shug'ullanadi. U yana biz uchun o'ynasa, juda xursand bo'lardim".

Thiago Silva 2024 yil yozida Chelsidan Fluminensega o'tgan edi. U London grandida to'rt yil davomida to'p surdi.

Mish-mishlarga ko'ra, futbolchi Angliyaga qaytish variantini ko'rib chiqmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.