Fabio Kannavaro A Seriya chempioni Napoli bo'lishiga ishonadi

Fabio Kannavaro A Seriya chempioni Napoli bo'lishiga ishonadi
2006 yilda «Oltin to'p» sohibi bo'lgan va Italiya terma jamoasi bilan jahon chempioni Fabio Kannavaro «Napoli» navbatdagi A Seriya chempioniga aylanishiga shubha qilmayapti. Eslatib o'tamiz, neapolliklar amaldagi Skudetto sohibi hisoblanadi, jamoani esa Antonio Konte boshqarmoqda.

«Men uchun javob ayon: «Napoli» chempion bo'ladi, garchi «Inter» kuchliroq bo'lsa ham. «Milan»da Allegri bor, u juda ayyor mutaxassis, bundan tashqari jamoaning yevrokuboklarda ishtirok etmasligi ham muhim omil.

«Roma» esa Turin «Yuventus»idan bir qadam oldinda», — deya Kannavaroning so'zlarini pianetamilan.it keltiradi. Ayni paytda turnir jadvalida «Inter» yetakchilik qilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.