Nigeriya DR Kongo ustidan FIFAga rasmiy shikoyat kiritdi

Nigeriya DR Kongo ustidan FIFAga rasmiy shikoyat kiritdi
Nigeriya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati saralash o'yinida DR Kongoga yutqazganidan so'ng raqib jamoa bo'yicha FIFAga rasmiy shikoyat bilan murojaat qildi. Eslatib o'tamiz, uchrashuvning asosiy va qo'shimcha vaqti 1:1 hisobida yakunlangan, penaltilar seriyasida esa DR Kongo 5:4 hisobida ustun kelgan.

ESPN xabariga ko'ra, Nigeriya shikoyatida DR Kongo tarkibidagi ayrim futbolchilar — 6 tadan 9 tagacha o'yinchi — ikki fuqarolikka ega ekani ta'kidlangan. Nigeriyaliklar buni DR Kongo qonunchiligi taqiqlashi mumkinligini qayd etgan.

Qayd etilishicha, mazkur futbolchilar Yevropada tug'ilgan va vatanga ko'chib kelganidan keyin ham tug'ilgan joyida berilgan pasportlardan voz kechmagan. Shu sababli uchrashuv natijasi qayta ko'rib chiqilishi ehtimoli bor.

Agar DR Kongo diskvalifikatsiya qilinsa, qit'alararo pley-off bosqichiga Nigeriya yo'l olishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.