Ashraf Hakimi «Flamengo»ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi

Ashraf Hakimi «Flamengo»ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi
«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike Ashraf Hakimining Qit'alararo kubok doirasidagi «Flamengo»ga qarshi uchrashuvda ishtirok eta olmasligini ma'lum qildi. O'yin 17 dekabr kuni bo'lib o'tadi va Moskva vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Hakimi noyabr boshida Chempionlar ligasida «Bavariya»ga qarshi o'yinda jarohat olgan. «Ashraf Hakimi jarohatlangan, u o'ynay olmaydi.

U tiklanish jarayonida va bu chorshanba kuni maydonga tusha olmaydi», — deya Enrikening so'zlarini Yahoo Sports keltirdi. Qayd etilishicha, futbolchi avvalroq Afrika kubogi uchun Marokash terma jamoasiga chaqirilgan.

Hozirda u «PSJ» shifokori va fizioterapevti nazorati ostida tiklanmoqda hamda hafta oxiriga borib mashg'ulot va o'yinlarga qaytishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.