Jorjina Ronalduning nikoh taklifi va uzukdagi toshni esladi

Jorjina Ronalduning nikoh taklifi va uzukdagi toshni esladi
Krishtianu Ronaldu yozda Jorjina Rodrigesga turmush qurish taklifini berdi va u rozi bo'ldi. Jorjina keyinchalik o'sha lahzani eslab, sovg'a qilingan uzukdagi toshning kattaligi uni hayratga solganini aytdi.

U ispancha ELLE nashriga bergan intervyusida: "Bu juda ajoyib edi. O'n yil kutganimdan keyin u menga taklif qilishi mumkin bo'lgan eng kami ham shu (kuladi).

Rostini aytsam, u taklif qilgan paytda men bu haqda umuman o'ylamaganman. U menga sovg'a qilgan toshning naqadar ulkanligini anglashim uchun ancha vaqt ketdi.

Shunchalik hayratda qolgan edimki, qutichani faqat ertasi kuni quyoshda ochdim", dedi. Qayd etilishicha, avvalroq Ronaldu unashtiruv uzugi tanlovi uchun ham tanqid qilingan.

Mutaxassislar bunday yirik toshli uzuklar kundalik taqib yurishga unchalik qulay emasligini ta'kidlashgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.