Safonov PSJning Qit'alararo kubokdagi g'alabasini sharhladi

PSJ darvozaboni Matvey Safonov jamoasining Qit'alararo kubok finalidagi chempionligini izohladi. Hal qiluvchi uchrashuv Qatarning Er-Rayyan shahrida bo'lib o'tdi va asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi.
G'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda Safonov asosiy qahramonga aylandi: u raqibning to'rtta zarbasini qaytardi.
Natijada PSJ Braziliyaning "Flamengo" jamoasini mag'lub etib, sovrinni qo'lga kiritdi. Rossiyalik darvozabon esa uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
O'yindan so'ng Safonov ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy mukofoti bilan surat joylab, qisqa izoh qoldirdi: "Qanday oqshom". Avvalroq "Krasnodar" safida to'p surgan 26 yoshli futbolchi uchun bu PSJ tarkibidagi oltinchi sovrin bo'ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!G'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda Safonov asosiy qahramonga aylandi: u raqibning to'rtta zarbasini qaytardi.
Natijada PSJ Braziliyaning "Flamengo" jamoasini mag'lub etib, sovrinni qo'lga kiritdi. Rossiyalik darvozabon esa uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
O'yindan so'ng Safonov ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy mukofoti bilan surat joylab, qisqa izoh qoldirdi: "Qanday oqshom". Avvalroq "Krasnodar" safida to'p surgan 26 yoshli futbolchi uchun bu PSJ tarkibidagi oltinchi sovrin bo'ldi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













