Arshavin: PSJ penaltilarni urganida Safonov qahramoni bo'lmasdi

Arshavin: PSJ penaltilarni urganida Safonov qahramoni bo'lmasdi
“Zenit”ning sobiq hujumchisi Andrey Arshavin PSJ futbolchilarining FIFA Qit'alararo kubogi finalidagi penaltilar seriyasida sust ijro ko'rsatgani Matvey Safonovning qahramonligiga bilvosita zamin yaratganini aytdi. Finalda rossiyalik darvozabon “Flamengo” futbolchilarining to'rtta zarbasini qaytardi va parijliklarga 2025 yildagi oltinchi sovrinni olib berdi.

“PSJ futbolchilari juda yomon tepti. Agar ular o'z zarbalarini golga aylantirganida, Safonovda shuncha qaytarilgan zarba bo'lmasdi”, deya Arshavinning so'zlarini keltiradi “Match TV”.

Penaltilar seriyasida braziliyaliklar to'rtta urinishni amalga oshirolmadi, parijliklar esa ikkitadan penaltini bekorga sarfladi. Omadsizlar orasida “Oltin to'p” sohibi, FIFA talqiniga ko'ra 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi Usmon Dembele hamda Bredli Barkola bor.

Safonov esa FIFA homiyligidagi rasmiy uchrashuvda ketma-ket to'rtta 11 metrlik zarbani qaytargan ilk darvozabon sifatida jahon futboli tarixiga kirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.