Mauro Ikardi Italiyada uch klub e'tiborida turibdi

Mauro Ikardi Italiyada uch klub e'tiborida turibdi
Argentina hujumchisi Mauro Ikardi hozir Istanbulning «Galatasaroy» klubida to'p surmoqda. Insayder Oratsio Akkomandoning xabar berishicha, 32 yoshli markaziy hujumchining faoliyatini Italiya A seriyasida davom ettirish bo'yicha bir nechta varianti bor.

Manbaga ko'ra, Ikardiga A seriyasining uch klubi qiziqish bildirmoqda: Rimning «Roma»si, «Milan» hamda «Como». Futbolchining vakillari ushbu klublar bilan muzokaralar olib bormoqda.

Ikardining «Galatasaroy» bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026-yilgi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan. Uning transfer qiymati 6 million yevroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda hujumchi Istanbul jamoasi safida 21 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol muallifi bo'ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.