Yuventus Kenan Yildiz bilan yangi shartnoma tayyorlamoqda

Yuventus Kenan Yildiz bilan yangi shartnoma tayyorlamoqda
Turinning "Yuventus" klubi jamoaning turkiyalik qanot hujumchisi Kenan Yildiz bilan hamkorlikni uzaytirish niyatida. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, "Keksa sinyora" 20 yoshli futbolchiga besh yillik yangi mehnat shartnomasini taklif etishga tayyor. Kelishuvda yiliga 5 million yevro maosh hamda bonus to'lovlari ko'zda tutiladi.

Ayni paytda tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Yildizning transfer qiymati 75 million yevroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda Kenan Yildiz 21 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.