Pogrebnyak Safonovning PSJdagi birinchi raqam bo'lishiga shubha qildi

Pogrebnyak Safonovning PSJdagi birinchi raqam bo'lishiga shubha qildi
Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Pavel Pogrebnyak PSJ darvozaboni Matvey Safonov haqida fikr bildirdi. U Safonov Qit'alararo kubok finalidagi yorqin o'yinidan keyin ham jamoaning asosiy posboni maqomini aniq qo'lga kiritganiga ishonmasligini aytdi.

Ma'lumki, rossiyalik darvozabon o'yindan keyingi penaltilar seriyasida to'rtta zarbani qaytarib, parijliklarga sovrinni keltirdi. Shunga qaramay, Pogrebnyak Safonovni darhol “birinchi raqam” deb atashga shoshilmaslik kerakligini ta'kidladi.

“Zo'r o'ynadi, jamoani qutqardi. Biroq Matvey endi birinchi raqam bo'ldi, deb aytmagan bo'lardim.

U bu mavsumda atigi to'rtta o'yin o'tkazdi. Intiladigan jihatlar bor”, deya Pogrebnyakning so'zlarini Metaratings keltiradi.

Pogrebnyak, shuningdek, PSJ Chevalierni katta pulga sotib olganini eslatib, Safonov o'z darajasini doimiy ravishda isbotlab borishi zarurligini qayd etdi. Matvey Safonov PSJ safida jami olti sovrinni qo'lga kiritgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.