Syomin Safonovning Yashin bilan qiyosiga vaqt borligini aytdi

Syomin Safonovning Yashin bilan qiyosiga vaqt borligini aytdi
Rossiya terma jamoasi va Moskvaning “Lokomotiv” klubi sobiq bosh murabbiyi Yuriy Syomin “PSJ” darvozaboni Matvey Safonovning so‘nggi o‘yindagi muvaffaqiyatli harakatlari haqida fikr bildirdi. Fransiya klubi Qit’alararo kubokni qo‘lga kiritdi, Safonov esa o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida to‘rtta zarbani qaytardi.

“Buyuk Yashin bilan qiyoslanishga loyiq bo‘lish uchun Matveyda hali juda ko‘p vaqt bor. Agar u munosib o‘ynab, sovrinlar yutsa, bir payt kelib biz ‘buyuk Safonov’ deya olamiz”, — deya Syominning so‘zlarini Gazeta.ru keltirdi.

Safonov joriy mavsumda deyarli maydonga tushmagan edi. Biroq uning raqobatchisi Shevalyeninng jarohati, shuningdek, mazkur darvozabonning unchalik ishonchli bo‘lmagan o‘yinlari rossiyalik futbolchining ketma-ket to‘rtinchi uchrashuvda maydonga tushishiga sabab bo‘ldi.

Ushbu to‘rt o‘yinda u ikki bor darvozasini daxlsiz saqladi va jami uchta gol o‘tkazib yubordi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.