«Roma» 87 yillik rekordini yangiladi

«Roma» 87 yillik rekordini yangiladi
«Roma» 87 yillik rekordini yangiladi

«Roma» Italiya chempionatining 23-turi doirasida «Fiorentina»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Rimdagi «Olimpiko» stadionida kechgan uchrashuvda 4:0 hisobi qayd etildi, deb yozadi Kun nashri.

Rimliklar klubi safida Djeko dublni rasmiylashtirdi, Federiko Fasio va Radja Naynggolan bittadan gol urishdi.

Bu g‘alaba «Roma» uchun A Seriyadagi uy uchrashuvlarida qatorasiga 14-g‘alabasi bo‘ldi. Rimliklar bu orqali 87 yillik rekordini yangiladi: 1930 yilda «Roma» Italiya chempionatida qatorasiga 13 uchrashuvda g‘alaba qozongandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.