Barselona hujum chizig'ini kuchaytirish uchun yosh vinger bilan muzokarada

Barselona hujum chizig'ini kuchaytirish uchun yosh vinger bilan muzokarada
Belgiya "Bryugge" klubining 17 yoshli vingeri Yesse Bisivu Ispaniya chempionatida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Sasha Tavoleri ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manbaga ko'ra, kataloniyalik "Barselona" hujumkor yarim himoyachiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Ko'k-anorranglilar" futbolchining U-17 jahon chempionatidagi o'yinlaridan mamnun bo'lib, allaqachon uning vakili bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

Transfer kelasi yil yozida rasmiylashtirilishi ehtimoli bor. La Ligada 17 turdan so'ng "Barselona" 43 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa ikkinchi o'rindagi Madridning "Real" klubidan to'rt ochkoga oldinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.