Arsenal Yuvetusga hujumchilar almashinuvi bo'yicha taklif berdi

Arsenal Yuvetusga hujumchilar almashinuvi bo'yicha taklif berdi
Londonning «Arsenal» klubi «Yuventus»ga hujumchilarni almashtirish bo'yicha taklif bilan chiqdi. «Kanonirlar» 25 yoshli kanadalik forvard Jonatan Devidni tarkibga qo'shib olishdan manfaatdor va buning evaziga braziliyalik hujumchi Gabriel Jezuzni Turin klubiga berishga tayyor.

TuttoJuve xabariga ko'ra, «Yuventus» bu taklifni rad etdi. A Seriyasi grandi vakillarini londondagi 28 yoshli forvardning jarohatlar tarixi, xususan, yaqinda tizza oldingi xochsimon boylami jarohatidan keyin safga qaytgani xavotirga solgan.

Transfermarkt Gabriel Jezuzning bozor qiymatini 20 million yevroga baholamoqda. Jonatan Devid esa ayni portal tomonidan 45 million yevroga baholangan.

Kanadalik futbolchi o'tgan yoz «Lill»dan erkin agent sifatida «Yuventus» safiga kelib qo'shilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.