Zelinskiy kramplar sabab maydonni tark etdi

Zelinskiy kramplar sabab maydonni tark etdi
Milaning «Inter» klubi Italiya Superkubogida «Bolonya»ga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi. Uchrashuv davomida bosh murabbiy Kristian Kivu polshalik yarim himoyachi Petr Zelinskiyni 86-daqiqada almashtirgani ko'plarni hayratda qoldirdi.

Sababi, Zelinskiy 11 metrlik zarbalarni mohirona ijro etishi bilan tanilgan va penaltilar seriyasida jamoasiga katta foyda keltirishi mumkin edi. Biroq klubga yaqin manbalar xabariga ko'ra, Zelinskiy kramplar, ya'ni mushak tortishishi sabab maydonni tark etgan.

Natijada Italiya kubogi sohibi «Bolonya» finalda amaldagi Italiya chempioni «Napoli»ga qarshi maydonga tushadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.