Gvardiola APL va Chempionlar ligasini yutishni istaydi

Gvardiola APL va Chempionlar ligasini yutishni istaydi
Manchester Siti bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa oldidagi maqsadlari haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik mutaxassis 2016 yildan beri klubni boshqarib keladi.

O'tgan mavsum esa uning davridagi eng omadsizlaridan biri bo'ldi: Premyer-ligada uchinchi o'rin, Chempionlar ligasida esa pley-offning dastlabki bosqichidayoq musobaqani tark etish. Gvardiola shanba kuni bo'lib o'tadigan Vest Hemga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida shunday dedi: «Men APL va Chempionlar ligasini yana yutishni xohlayman, ammo ertalab meni uyg'otadigan asosiy sabab bu emas.

Gap jarayon, bosib o'tiladigan yo'l va mukammallikka intilishda». Hozirda Gvardiola jamoasi Angliya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam Arsenaldan ikki ochkoga ortda qolmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.