Vyacheslav Malafeyev Safonovning tarixiy yutug'ini e'tirof etdi

Vyacheslav Malafeyev Safonovning tarixiy yutug'ini e'tirof etdi
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi sobiq darvozaboni Vyacheslav Malafeyev "PSJ" posboni Matvey Safonovning qit'alararo kubok doirasida Braziliyaning "Flamengo" jamoasiga qarshi o'yindagi muvaffaqiyatli harakatlarini yuqori baholadi. U penaltilar seriyasida to'rtta zarbani qaytardi.

"Matvey uchun barchamiz juda xursandmiz. O'zimning xotiramda bunday holatni eslay olmayman, ayniqsa shunday darajada.

Matveyni tabriklayman, ajoyib yutuq. Uning tinimsiz mehnati ko'rinib turibdi", deya Malafeyevning so'zlarini "Match TV" keltirdi.

Eslatib o'tamiz, uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. O'yindan keyingi 11 metrlik zarbalar seriyasida esa Parij grandi 2:1 hisobida ustun keldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.