Lokatelli «Roma» ustidan g'alabaning kalit omillarini aytdi

«Yuventus» yarim himoyachisi Manuel Lokatelli Italiya A seriyasining 16-turida «Roma» ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba haqida fikr bildirdi. Turinliklar raqibini 2:1 hisobida mag'lub etdi.
16 uchrashuvdan so'ng jamoa peshqadam «Inter»dan to'rt ochkogacha ortda qolmoqda. «Biz o'yinda qolib ketdik, ortiqcha tavakkal qilmadik va to'g'ri ruhiy holatni namoyish etdik.
Yakkakurashlarda ustun keldik va jamoa ruhi nuqtayi nazaridan a'lo o'yin o'tkazdik», — dedi Lokatelli matbuot anjumanida. Futbolchining ta'kidlashicha, «Roma» ustidan qozonilgan g'alaba «Yuventus»ga o'z kuchiga ishonchni qaytarib, keyingi muvaffaqiyatlar uchun muhim turtki bo'ladi.
Hozirda turinliklar turnir jadvalida beshinchi o'rinda. Keyingi turda Luciano Spalletti jamoasi 27 dekabr kuni safarda «Piza»ga qarshi maydonga tushadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!16 uchrashuvdan so'ng jamoa peshqadam «Inter»dan to'rt ochkogacha ortda qolmoqda. «Biz o'yinda qolib ketdik, ortiqcha tavakkal qilmadik va to'g'ri ruhiy holatni namoyish etdik.
Yakkakurashlarda ustun keldik va jamoa ruhi nuqtayi nazaridan a'lo o'yin o'tkazdik», — dedi Lokatelli matbuot anjumanida. Futbolchining ta'kidlashicha, «Roma» ustidan qozonilgan g'alaba «Yuventus»ga o'z kuchiga ishonchni qaytarib, keyingi muvaffaqiyatlar uchun muhim turtki bo'ladi.
Hozirda turinliklar turnir jadvalida beshinchi o'rinda. Keyingi turda Luciano Spalletti jamoasi 27 dekabr kuni safarda «Piza»ga qarshi maydonga tushadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













