Vinchenso Grifo “Frayburg”ning yangi klub rekordini o'rnatdi

Vinchenso Grifo “Frayburg”ning yangi klub rekordini o'rnatdi
Germaniya Bundesligasida yil yakunidagi so'nggi tur — 15-tur uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda. “Volfsburg” o'z maydonida “Frayburg”ni qabul qildi va 3:4 hisobida mag'lub bo'ldi.

Mehmonlar safida gollardan biriga Vinchenso Grifo mualliflik qildi. U 56-daqiqada penalti zarbasini aniq ijro etdi.

Bu gol Grifo uchun Bundesligadagi yubiley — 70-gol bo'lib, u “Frayburg” tarixida chempionatning yuqori ligasida eng ko'p gol urgan futbolchiga aylandi. Shu tariqa Grifo 69 gol bilan ikkinchi o'rinda turgan Nils Petersenni ortda qoldirdi.

Keyingi turda “Frayburg” o'z maydonida “Gamburg”ga qarshi o'ynaydi. Uchrashuv 10-yanvar kuni, yangi yilda bo'lib o'tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.