Allegri T'yago Silvani yana Milanga qaytarmoqchi edi

Milan bosh murabbiyi Massimiliano Allegri braziliyalik markaziy himoyachi T'yago Silvani klubga qaytarish tashabbusini ilgari surgan. Bu haqda SempreMilan nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, futbolchining o'zi ham A Seriya klubida yana to'p tepishga tayyor bo'lgan, biroq Milan rahbariyati bu taklifni rad etgan. Eslatib o'tamiz, Silvа 2009–2012 yillarda Milan sharafini himoya qilgan.
2024 yil yozidan buyon Silvа Braziliyaning Fluminense jamoasida o'ynab kelgan. Biroq bir necha kun avval 41 yoshli himoyachi Portugaliyaning Porto klubi bilan mehnat shartnomasini imzoladi.
Joriy kalendar yilida Silvа barcha musobaqalarda 46 uchrashuvda maydonga tushib, 4 gol urdi va 1 golga uzatma berdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Manbaga ko'ra, futbolchining o'zi ham A Seriya klubida yana to'p tepishga tayyor bo'lgan, biroq Milan rahbariyati bu taklifni rad etgan. Eslatib o'tamiz, Silvа 2009–2012 yillarda Milan sharafini himoya qilgan.
2024 yil yozidan buyon Silvа Braziliyaning Fluminense jamoasida o'ynab kelgan. Biroq bir necha kun avval 41 yoshli himoyachi Portugaliyaning Porto klubi bilan mehnat shartnomasini imzoladi.
Joriy kalendar yilida Silvа barcha musobaqalarda 46 uchrashuvda maydonga tushib, 4 gol urdi va 1 golga uzatma berdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













