Antuan Semenyo APLda gollarga hissa qo'shish bo'yicha yutuqni takrorladi

Antuan Semenyo APLda gollarga hissa qo'shish bo'yicha yutuqni takrorladi
“Bornmut” vingeri Antuan Semenyo Angliya Premyer-ligasida bir kalendar yilida 20 tadan ortiq golga bevosita hissa qo‘shgan ikkinchi ganalik futbolchiga aylandi. OptaJoe ma’lumotiga ko‘ra, bungacha bunday natijani Toni Yeboah qayd etgan: u 1995 yilda “Lids” safida 22 ta gol urib, 3 ta golli uzatma bergan.

Joriy kalendar yilida 25 yoshli Semenyo raqiblar darvozasini 14 marta ishg‘ol qildi va 6 bor jamoadoshlariga golli uzatma uzatdi. Yil yakunigacha “Bornmut” APL doirasida “Brentford” hamda “Chelsi”ga qarshi maydonga tushadi.

Hozirda “giloslar” turnir jadvalida 22 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.