Teo Ernandes Leau doim ham e'tiborli emasligini aytdi

Teo Ernandes Leau doim ham e'tiborli emasligini aytdi
“Milan”ning sobiq himoyachisi Teo Ernandes klubda Rafael Leau bilan birga to'p surganini esladi. Ular 2022 yilda jamoa bilan A Seriyada chempionlikni qo'lga kiritishgan.

Ernandesning ta'kidlashicha, Leau juda kuchli futbolchi, biroq ba'zan maydondan tashqari narsalar haqida ortiqcha o'ylab qoladi. “Biz qanotlarda juda samarali ishlardik, himoyachilarga ko'p muammo tug'dirardik.

Ammo men uni markaziy hujumchi rolida ko'rmayman”, deya Ernandesning so'zlarini La Gazzetta dello Sport nashri keltirdi. Hozirda “Milan” Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.