Manchester Yunayted markaziy chiziqni kuchaytirish uchun ikki nomzodni belgiladi

Manchester Yunayted markaziy chiziqni kuchaytirish uchun ikki nomzodni belgiladi
Manchester Yunayted qishki transferlar davrida tarkibni kuchaytirish ustida faol ishlashni rejalashtirmoqda. Klub rahbariyati mavsumning ikkinchi yarmida markaziy yarim himoyani mustahkamlashga qodir futbolchilar bozorini o'rganmoqda.

The Guardian xabariga ko'ra, mankunianlar e'tiborida ikki yarim himoyachi bor. Nomzodlardan biri hozir Saudiya Arabistonining Al-Hilol klubida to'p surayotgan Ruben Neves.

Shuningdek, Manchester Yunayted Madridning Atletiko klubi yarim himoyachisi Konor Gallaxerni ham kuzatmoqda. Har ikki futbolchi yanvar oyidagi transfer oynasi uchun ehtimoliy maqsad sifatida ko'rilmoqda.

APLning joriy mavsumida Manchester Yunayted 16 turdan so'ng 26 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 7-o'rinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.