Artyom Yuran «Serik»dan ketgach, kelajagi haqida gapirdi

Artyom Yuran «Serik»dan ketgach, kelajagi haqida gapirdi
RPLdagi bir qator klublarning sobiq bosh murabbiyi Sergey Yuranning o‘g‘li Artyom Yuran hozircha klublardan takliflar yo‘qligini aytdi. Yuran-kichikning so‘nggi jamoasi Turkiyaning «Serik Belediyespor» klubi bo‘ldi.

Bu jamoada uning otasi ishlagan. «Hozircha yangi jamoa bo‘yicha aniq takliflar yo‘q, hamma ta’tilga chiqqan.

Karyeramni qayerda davom ettirishim prinsipial emas: Rossiyada ham, xorijda ham», — futbolchining so‘zlarini Sport24.ru keltiradi. U, shuningdek, o‘ziga pul qarzdor bo‘lib qolgan «Serik» bilan shartnomani ancha oldin bekor qilganini qo‘shimcha qildi.

Yuran turk jamoasi safida beshta o‘yin o‘tkazdi, biroq natijali harakatlar bilan ajralib chiqmadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.