Bavariya yarim himoyachisi Laymer Avstriyada yil futbolchisi bo‘ldi

Bavariya yarim himoyachisi Laymer Avstriyada yil futbolchisi bo‘ldi
Myunxenning «Bavariya» klubi xavbeki Konrad Laymer yakunlanayotgan yil natijalariga ko‘ra Avstriyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda mamlakat futbol ittifoqi matbuot xizmati xabar berdi.

Ovoz berishda yarim himoyachi ishonchli g‘alaba qozonib, 51 ball to‘pladi. Ikkinchi o‘rinni «RB Leyptsig» xavbeki Kristof Baumgartner (16) egalladi, uchinchi bo‘lib esa Belgradning «Crvena Zvezda» jamoasi hujumchisi Marko Arnautovich (15) qayd etildi.

«Bu mukofotni olish men uchun katta sharaf. Bu oldinga intilib, harakatni davom ettirish uchun turtki», — dedi Konrad.

Bundesliganing joriy mavsumida 28 yoshli yarim himoyachi 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.