Galatasaray Bavariya himoyachisi Sasha Boeni transfer qilmoqchi


Myunxenning «Bavariya» klubi himoyachisi Sasha Boe Germaniya Bundesligasini Turkiya chempionatiga almashtirishi mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Florian Plettenberg xabar berdi.
Jurnalist ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchini transfer qilishdan Istanbulning «Galatasaray» klubi manfaatdor. Turkiyaliklar Boe uchun APLning ikki vakili — «Nyukasl» va «Kristal Pelas» bilan raqobatlashishga tayyor.
«Bavariya» esa himoyachini sotishdan taxminan 20 million yevro ishlab olishni mo‘ljallamoqda. Sasha 2024 yil yanvaridan beri Myunxen grandi safida o‘ynab kelmoqda.
Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirida yakunlanadi. Transfermarkt uning qiymatini 18 million yevroga baholamoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













