Pedri Chempionlar ligasida "Barselona"ning to'rt raqibini aytdi

Pedri Chempionlar ligasida "Barselona"ning to'rt raqibini aytdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Pedri UEFA Chempionlar ligasining joriy mavsumida "ko'k-anorranglilar" uchun qaysi jamoalarni asosiy raqib deb bilishini aytib berdi. "PSJ"ni aytaman.

U amaldagi sovrin sohibi. Londonning "Arsenal"ida hozir kuchli tarkib bor.

Yana bu ro'yxatga Madridning "Real"i va "Manchester Siti"ni ham kiritaman", — deya ispaniyalik yarim himoyachining so'zlarini Esquire keltiradi. Olti turdan so'ng "Barselona" 10 ochko jamg'argan va Chempionlar ligasining umumiy bosqichi turnir jadvalida faqat 15-o'rinni egallab turibdi.

Xans-Diter Flik shogirdlari to'g'ridan-to'g'ri pley-offga chiqish zonasidan ikki ochkoga ortda qolmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.