Viyeri Fyullkrug Milanda kuchli bosimga duch kelishini aytdi

Viyeri Fyullkrug Milanda kuchli bosimga duch kelishini aytdi
Italiyaning "Milan" klubida to'p surgan sobiq hujumchi Kristian Viyeri klubga o'tayotgan Niklas Fyullkrugni ogohlantirdi: u jamoatchilik tomonidan kuchli bosim ostida o'ynashiga to'g'ri keladi. Viyerining ta'kidlashicha, bu "Milan" darajasidagi klub uchun odatiy hol.

"Milan" hujumchi yo'qligi muammosiga qaramay, baribir yetakchilar safida. Endi ular yangi futbolchini topishdi, ammo u qanday bosim ostida harakat qilishiga hatto tasavvur qilishdan ham cho'chiyapman", — deya Viyerining so'zlarini pianetamilan.it keltirdi.

Eslatib o'tamiz, "Milan" A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Navbatdagi turda jamoa musobaqa autsayderi — "Verona"ga qarshi maydonga tushadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.